20:55 / 14.08.2016
37369

Hasanboy Do‘stmatovning ona qishlog‘idan matnli reportaj. Barcha uning g‘alabasini kutmoqda

Bugun Rio-2016 Olimpiadasida 49 kilogrammgacha bo‘lgan bokschilar o‘rtasidagi turnir chempionligi uchun kolumbiyalik Martinesga qarshi Toshkent vaqti bilan soat 22:15da  ringga chiqadigan o‘zbekistonlik Hasanboy Do‘stmatovning g‘alabasini butun O‘zbekiston kutmoqda.

Hasanboy Do‘stmatov O‘zbekistonga ilk oltin medalni olib berdi​. OLTIN MeDAL MUBORAK!!!

Andijondan surat. Chempionni tarbiya qilgan insonlar

22:50 - Hasanboyning mahalladoshlari, sinfdoshlari, yaqinlari undan faqat g‘alaba kutishmoqda. Bir so‘z bilan aytganda nafaqat Dolan mahallasining balki yaqin atrofdagi qishloqlardan ham muxlislar tashrif buyurishgan.

Hayajonli damlar boshlanishidan oldin Do‘stmatovlar xonadoniga yig‘ilgan barcha o‘zbekistonliklar Do‘stmatovning g‘alabasini tilashib duoga qo‘l ochishdi.

Nafaqat biz balki butun O‘zbekiston hayajonda.

22:47 -  Ona ko‘zlarida sevinch yoshlari.... Hasanboyning har bir zarbasi qarsaklar bilan kutib olinmoqda.

22:42 - O‘zbek o‘g‘loni ringda, mahalla ahli qarsaklari

22:39 - Final o‘yini boshlanmoqda... Duo qilindi. Olg‘a Hasanboy!

22:36 - Hasanboyning birinchi ustozi Alimardon Zufarov shogirdining g‘alabasiga to‘la ishonmoqda

22:30 - Uning onasi Dilnozaxon opa televizor qarshisida o‘tira olmasligini aytmoqda. Onaizor

22:25 - Hal qiluvchi bahs boshlanishi daqiqalari yaqinlashib kelayotgani sari bokschimiz xonadonida barchani ajib hissiyot chulg‘agan

21:51 - Fazliddin G‘oibnazarov chorak finalga chiqdi>>>

21:05 - Mamlakatimiz sharafini to‘rt yillikning eng ulkan sport forumida himoya qilayotgan Andijon boks maktabi vakili Hasanboy Do‘stmatovning mahallasi katta bayramga aylanib ketgan. Ko‘chalarga televizorlarni o‘rnatib, nuroniy otaxonlaru onaxonlar bahsni kutmoqdalar.

20:57 - Ayni paytda Andijon viloyat televideniyesi ham sport sharhlovchisi Ashurali Mamatov boshchiligida yetib keldi. Hammaning niyati mushtarak, barchamiz orzu qilayotgan oltin medal.

Hasanboy oddiygina o‘zbek xonadonida, dehqon oilasida voyaga yetgan. Ota-onalari  Ma'rufjon aka Dilnozaxon opalar kamsuqum o‘zbek insonlari

Oilada uch nafar farzand Faryozbek va Islombeklar ham akasining ringga chiqishini intizorlik bilan kutmoqda

20:55 - Ayni paytda Andijonning Buloqboshi tumani, Do‘lan qishlog‘idagi Hasanboyning xonadonida uning qarindoshlari va mahalladoshlari yig‘ilgan. Jumladan, sayt mobil muxbiri ham voqea joyida bo‘lib, tafsilotlardan xabardor qiladi.

Sportchining otasi bo‘lmish Ma'rufjon aka Do‘stmatov bellashuv arafasida o‘g‘li bilan telefon orqali bog‘langan va unga muhim jang oldidan omad tilagan.

Mavzuga oid
Top