09:59 / 14.08.2016
12114

Rio-2016. Futbol. Neymar Braziliyani yarim finalga olib chiqdi va boshqa natijalar

Olimpiada o‘yinlarida futbol musobaqalarining chorak final o‘yinlari bo‘lib o‘tdi.

Braziliya Kolumbiyaga qarshi o‘yinda Neymar va Luanning goli evaziga g‘alaba qozonib, yarim finalga chiqdi.

Honduras Janubiy Koreyani 1:0 hisobida taslim qildi.

Endi final uchun Braziliya va Honduras terma jamoalari kurash olib boradi.

Germaniya olimpiyachilari Portugaliya olimpiyachilarini 4:0 hisobda tor-mor etgan bo‘lsa, Nigeriya Daniyani 2:0 hisobida mag‘lub etdi.

Ikkinchi yarim final juftligini Germaniya va Nigeriya tashkil qilgan.

Yarim final bellashuvlari 17 avgustga belgilangan.

Olimpiadaning futbol bo‘yicha turniri
1/4 final

Braziliya U-23 – Kolumbiya U-23 2:0
Gollar: 1:0 – 12 Neymar, 2:0 – 83 Luan.
Braziliya U-23 – Ueverton, Ze Karlos, Duglas Santos, Markinos, Rodrigo Kayo, Uolas, Renato Augusto, Luan, Neymar, Gabriel Jyezus (Rafinya, 89), Gabriel (Tiago Mayya, 67).
Kolumbiya U-23 – Bonilya, Tesilo, Balanta, Borxa, Palasios, Lerma, Roa (Rodriges, 80), Barrios (Peres, 46), Presiado (Borxa, 46), Pabon, Guterres.
Ogohlantirishlar: Palasios (10), Lerma (39), Neymar (40), Barrios (45), Presiado (45), Borxa (88), Guterres (90).

Janubiy Koreya U-23 – Honduras U-23 0:1
Gol: 0:1 – 60 Elis.
Janubiy Koreya U-23 – Ku Sun Yen, Li Syl Chxan, Chjon Syn Xen, Chjan Xen Su, Shim San Min, Kvon Chxan Xun, Pak Yen Vu, Mun Chxan Chjin (Xen Chjun Suk, 68), Ryu Syn Vu (Chxve Gyu Bek, 87), Xvan Xi Chxan, Son Xyn Min.
Honduras U-23 – Lopes, Palasios, Vargas, Garsiya, Pereyra, Akosta (Pas, 79), Banegas (Espinal, 65), Alvares, Kioto, Losano, Elis (Benavides, 90).
Ogohlantirishlar: Palasios (37), Li Syl Chxan (45), Alvares (53), Lopes (70), Pak Yen Vu (72), Shim San Min (89).

Portugaliya U-23 – Germaniya U-23 0:4
Gollar: 0:1 – 45 Gnabri, 0:2 – 57 Ginter, 0:3 – 75 Zelke, 0:4 – 87 Maks.
Portugaliya U-23 – Brunu Varela, Ie, Eshgayyu, Fernandu Fonseka, Tobiash Figeyredu, Fernandesh, Andre Martinsh (Gonsalu Pasiyensiya, 58), Salvador Agra, Serjiu Oliveyra (Fransishku Ramush, 35; Tiagu Silva, 61), Karlush Mane, Podstavski.
Germaniya U-23 – Xorn, Ginter, Klostermann, Tolyan, Zyule, Bender, Bender (Premel, 72), Mayyer, Brandt, Gnabri (Maks, 82), Zelke (Petersen, 78).
Ogohlantirishlar: Bender (47), Mayyer (50).

Nigeriya U-23 – Daniya U-23 2:0
Gollar: 1:0 – 15 Obi Mikel, 2:0 – 59 Umar.
Nigeriya U-23 – Deniel, Sinsir, Trost-Ekong, Amuzi, Okechukvu (Udo, 85), Shexu, Obi Mikel, Usman, Umar, Ezekiel (Sodik, 90), Umar (Adjayi, 85).
Daniya U-23 – Xoyberg, Gregor, Gomesh, Makshe, Yonsson, Larsen (Larsen, 71), Desler (Larsen, 71), Nilsen, Bersting (Skov, 54), Matiasen, Vibe.
Ogohlantirishlar: Usmon (31), Sinsir (44), Obi Mikel (69), Okechukvu (80).

Top