07:14 / 14.08.2016
6872

Turkiya bosh vaziri: Anqara Gulenning topshirilishi masalasida AQSh bilan murosaga bormaydi

Turkiya bosh vaziri Binali Yildirim Anqara muxolif imom Fathulla Gulenning topshirilishi masalasida AQSh bilan murosaga bormaydi, deb aytdi. Anqara Gulenni mamlakatdagi davlat to‘ntaruviga urinishda ayblamoqda.

"Turkiyaning bosh terrorchisini berishdan va qonun bo‘yicha taqib qilishdan o‘zga yo‘l yo‘q. AQSh o‘ziga nisbatan salbiy kayfiyatlarning o‘sishini Gulenni Anqaraga beribgina to‘xtatishi mumkin", deb aytdi Yildirim matbuot-anjumanida.

Avvalroq Turkiya AQShga Gulenni topshirish bo‘yicha yana hujjatlar jo‘natgan va Turkiya tashqi ishlar vazirining aytishicha, Anqara Gulenning topshirilishi bo‘yicha AQShdan "ba'zi ijobiy signallar" olgan.

Top