12:37 / 15.08.2016
5912

"Barselona" Ispaniya Superkubogining 1-o‘yinida "Sevilya"ni mag‘lub etdi

Ispaniya Superkubogi uchun "Barselona" va "Sevilya" o‘rtasidagi 1-o‘yinda kataloniyaliklar zafar quchdi. Uchrashuv Sevilyadagi "Ramon Sanches Pisxuan" stadionida bo‘lib o‘tdi va 0:2 hisobida kataloniyaliklar foydasiga yakunlandi.

2-bo‘lim boshida Denis Suares Arda Turonga to‘pni oshirib berdi, u o‘z navbatida to‘pni ko‘kragi bilan Luis Suaresga oshirdi. Suares esa to‘pni yaqin masofadan darvozaga bexato yo‘lladi. 81-daqiqada Lionel Messi raqib himoyasidagi bo‘shliqlardan foydalanib, Munir Al-Haddodiyga markazni kesib o‘tuvchi uzatma oshirdi. Al-Haddodiy raqib darvozaboni Serxio Riko bilan birga-bir chiqib, uni dog‘da qoldirdi.

Javob uchrashuvi 18 avgustda Barselonada bo‘lib o‘tadi.

Ispaniya Superkubogi. 1-uchrashuv
Sevilya (Sevilya) – Barselona (Barselona) – 0:2 
Gollar:
Suares, 54 (0:1); Al-Haddodiy, 81 (0:2).

Manba: Tribuna.Uz

Top