10:35 / 15.08.2016
4287

BMT bosh kotibi Yamandagi maktabga uyushtirilgan hujum yuzasidan tergov ishlarini yo‘lga qo‘yishga chaqirdi

Foto: AP

BMT bosh kotibi Yamandagi maktabga berilgan aviazarba yuzasidan tergov ishlarini olib borishga chaqirdi. Maktab binosiga uyushtirilgan havo hujumi natijasida kamida 10 nafar bola halok bo‘lgan. Bu haqida jahon tashkilotining matbuot xizmatida ma'lum qilishdi

"Bosh kotib 13 avgust kuni Yaman shimolidagi Saada provinsiyasida joylashgan maktabga uyushtirilgan hujumni qoraladi", - deyiladi tashkilot xabarida. Pan Gi Mun mazkur fojia yuzasidan tergov ishlarini yo‘lga qo‘yishga chaqirdi. BMTda ta'kidlanishicha, tinch aholi, shu jumladan bolalar mamlakatdagi harbiy operatsiyalardan jabr ko‘rishmoqda. 

"Chegarasiz shifokorlar" tashkilotining xabar berishicha, shanba kuni Saada provinsiyasi Xaydon tumanidagi maktabga uyushtirilgan havo hujumi natijasida 10 nafar bola halok bo‘lgan, 28 nafari jarohat olgan. Halok bo‘lgan bolalar 8-15 yosh atrofida bo‘lishgan. 

Saudiya Arabistoni rahbarligidagi koalitsiya 2015 yilning martidan xusit jangarilarini bombardimon qilmoqda. Koalitsiya vakili va Saudiya mudofaa vazirining maslahatchisi general Ahmad Asiriyning ma'lum qilishicha, VVS arab koalitsiyasining maqsadi maktab emas, yosh xusit-jangarilarni tayyorlash lageri bo‘lgan. 

BMT bosh kotibi Yamandagi vaziyatni harbiy yo‘l bilan hal qilib bo‘lmasligini yana bir bor ta'kidladi.

Mojaroni bartaraf etish bo‘yicha muzokaralar apreldan avgust oyigacha (orada tanaffuslar bilan) Kuvaytda o‘tkazildi, lekin bu hech qanday ijobiy natija bermadi. 

Yamanda 2014 yildan buyon Bir tomondan - "Ansar Alloh" shiya harakatining xusit jangarilari va sobiq prezident Ali Abdulloh Solihning sodiq armiyasi, ikkinchi tomondan -  joriy prezident Abd Rabbu Mansur Hadiy tarafdorlaridan iborat hukumat qo‘shinlari o‘rtasida mojarolar davom etib kelmoqda, hukumat qo‘shinlarini Saudiya Arabistoni boshchiligidagi koalitsiya qo‘llab-quvvatlamoqda. 

Top