18:45 / 15.08.2016
3822

Google Android dasturiga voris tayyorlamoqda

AQShning Google korporatsiyasi yangi dasturiy ta'minot ustida ishlamoqda, deb xabar qilmoqda The Next Web.

Ta'kidlanishicha, avvalroq Android yoki Chrome OS dasturlarining global miqyosda yangilanishi haqida gap borgan. Biroq, ayrim manbalarning uqdirishiga qaraganda, korporatsiya yashirincha umuman yangi mahsulot ustida ishlamoqda. Bundan tashqari, yangi dastur Linux bilan umuman aloqador emas. 

Taxminlarga ko‘ra, bo‘lajak dasturiy ta'minot Fuchsia deb nomlanib, Android OS va Chrome OS bilan bemalol raqobat qila oladi.

Top