21:39 / 15.08.2016
5736

Lukashenko: Belarusda faqatgina dangasagina pul topa olmaydi

Foto:president.gov

Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko mamlakat hukumati muhtojlarga doimo ko‘mak ko‘rsatishini, biroq odam avvalambor o‘ziga ishonishi kerakligini aytdi.    

"Belarusda faqatgina dangasagina pul topa olmaydi. Biz nima urush qilyapmizmi, bizda urush ketyaptimi yoki yana nimadirmi? Shunchaki ozgincha harakat qilish kerak", deb aytdi Lukashenko.

Lukashenko o‘ziga ishonish va "hech kim shunchaki pul ololmasligini" tushunish kerakligini ta'kidlab o‘tdi.   

"Yordam beramiz, albatta. Agar siz bir qadam qo‘ysangiz, biz ham siz tomon qadam qo‘yamiz (butun davlatni nazarda tutyapman). Siz qo‘lingizni osiltirib, kimdir nimadir olib kelishini kutib o‘tirsangizchi... Unda bilingki, kim istayotgan bo‘lsa o‘shanga yordam beriladi", deb aytdi Belarus prezidenti.  

Uning aytishicha, mamlakat rahbariyati ko‘p farzandli oilalar va harbiylarga ko‘proq e'tibor qaratadi, chunki ular "boshqa joyda pul topish imkoniga ega emaslar".

Top