Britaniyalik tennischi Endi Marrey ketma-ket ikkinchi marotaba Olimpiya chempioni unvonini qo‘lga kiritdi. Tennischi erkaklar o‘rtasidagi yakkukurash bahslarining finalida argentinalik Xuan Martin del Potroni 7:5, 4:6, 6:2, 7:5 hisobida yutdi.
Marrey o‘yin davomida 10 ta eys bajardi, 6 marta to‘pni o‘yinga kiritishda xatoga yo‘l qo‘ydi va 9 ta breyk-poyntni amalga oshirdi.
Marrey shu tariqa London Olimpiadasidagi zafaridan keyin ikkinchi marotaba Olimpiya chempioni unvoni sohibiga aylandi.