19:17 / 15.08.2016
11949

Rio-2016, kanoe. Gerasim Kochnev saralash bosqichi va yarim finaldan o‘tib, finalga chiqdi

Baydarka va kanoeda eshkak eshish musobaqasining 1000 metrga suzish musobaqasida O‘zbekiston sharafini himoya qilgan Gerasim Kochnev saralash turnirini va yarim finalni muvaffaqiyatli o‘tkazdi hamda final bosqichiga yo‘llanma oldi.

Bolgariya, Ukraina, Moldova, Kanada va Qozog‘istondan tashrif buyurgan sportchilar bilan bellashgan Gerasim Kochnev marraga ikkinchi bo‘lib yetib keldi.

3 ta guruhning umumiy natijalariga ko‘ra Kochnev oltinchi natija qayd etdi.

U yarim finalda uchinchi o‘rinni egalladi (3 daqiqayu 59.489 soniya) lekin parllel guruhdagi sportchilarning ko‘rsatkichlari past bo‘lgani uchun Kochnev finalga yo‘l oldi. Birinchi o‘rinni rossiyalik Ilya Shtokalov (3 daqiqayu 58,259 soniya), ikkinchi o‘rinni ukrainalik Pavel Altuxov egallagan.

Final bahslari 16 avgustda o‘tkaziladi.

Top