19:02 / 15.08.2016
5175

Tesla Pekindagi YTHdan keyin "avtopilot" so‘zidan voz kechdi

Foto:geektimes.ru

AQShning elektron avtomobillar ishlab chiqaruvchi Tesla kompaniyasi o‘z saytining xitoycha versiyasidan "avtopilot" so‘zini olib tashladi. Bu haqida Reuters xabari qildi. 

  Manbaga ko‘ra, endi Tesla Model S avtomobil ishlab chiqaruvchisining xitoy resursida "avtomatik boshqariluvchi yordamchi" atamasi qo‘llanilmoqda. 
  Avgust oyi boshida avtopilot rejimidagi Tesla avtomobilining Xitoyda birinchi marta YTHga uchragani xabar qilingan. 

  Tesla kompaniyasining rasmiy vakili agentlikka ma'lum qilishicha, saytdagi atamalarning o‘zgarishi "doimiy yaxshilash ishlari" doirasida ro‘y bergan, shu jumladan bir tildan boshqa tilga tarjima bilan bog‘liq holatlarda ham xuddi shunday. 

  Bundan tashqari, Tesla'da ta'kidlanishicha, kompaniya avtomobillaridagi avtopilot rejimi haydovchiga yordam berishga mo‘ljallangan bo‘lsa-da, to‘g‘ri boshqarish uchun javobgarlikni o‘zidan soqit qilmaydi. 

  Joriy yilning may oyida AQShda yarimavtonom Tesla mashinasi ishtirokida ilk fojiali YTH ro‘y berdi. 

 

Top