16:08 / 16.08.2016
4821

Yashnobodlik talonchi qo‘lga tushdi

Yashnobod tumanidagi savdo majmuasi oldida ketayotgan surxondaryolik T. Mahmudning yo‘lini kutilmaganda notanish kishi to‘sib chiqadi. Kuch ishlatib, unga yengil tan jarohati yetkazadi va ichida 135 ming so‘m pul, fuqarolik pasporti bo‘lgan sumkasini tortib oladi. Bu haqda “Postda” nashri yozmoqda. 

Jabrlanuvchi tezda bu haqida ichki ishlar idorasiga xabar bergan. O‘z vaqtida ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida talonchi  poytaxtimizning Olmazor tumanida yashovchi Yu. A. qo‘lga olindi. Unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Top