18:29 / 16.08.2016
4451

Audi kompaniyasi o‘z modellarini yo‘l chiroqlarini tushunishga o‘rgatmoqda

Foto:motor.ru

Germaniyaning Audi kompaniyasi Q7 yo‘ltanlamasi, A4 sedani va A4 allroad modelining 2017-yilgi rusumiga yo‘l chiroqlarini kuzatuvchi tizimni joylashtirdi. 

Ushbu tizimli mashinalarni shu yilning kuz mavsumidan boshlab AQShning bir necha shaharlaridagi ko‘chalarda ko‘rish mumkin bo‘ladi. Mashina elektronikasi shahar yo‘l harakatini boshqarish tizimidan ma'lumot oladi. Axborot avtomobilga o‘rnatilgan LTE standarti bo‘yicha ishlaydigan qurilma yordamida qabul qilinadi. 

Audi transport vositalarining priborlar paneli va yo‘l chiroqlarini kuzatuvchi tizimi o‘rnatilgan proyektsion displeylarida svetoforlarning ishlashi xususida ma'lumot paydo bo‘ladi. Masalan, yashil chiroq yonishiga qolgan vaqt xususida bilib olish mumkin. 

Kelgusida yangilik navigator va «start-stop» tizimi bilan birga jihozlanadi. Bu esa, yoqilg‘ini tejash va yirik shaharlardagi yo‘l harakati bilan bog‘liq tirbandlikni hal etishda yordam beradi.

Top