00:21 / 16.08.2016
4484

Belgiyaning Gent shahrida otishma sodir bo‘ldi

Belgiyaning Gent shahridagi kafelardan birida otishma sodir bo‘ldi, deb xabar bermoqda VTM.

Otishma shaharning markazidagi Flandr ko‘chasida yuz bergan. Politsiyachi qurollangan erkak otib tashlagan. Ayni vaqtda kim birinchi bo‘lib o‘q uzgani noma'lum.

Ta'kidlanishicha, erkak qo‘lini qurolidan olishdan bosh tortgandan keyin politsiyachi unga uch marta o‘q uzgan.

Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, bo‘lib o‘tgan voqea terrorchilik bilan bog‘liq emas. Politsiya otishma sodir bo‘lgan joyni o‘rab olgan. Ayni vaqtda voqea sabablari aniqlashtirilmoqda.

Top