15:13 / 16.08.2016
4230

Hindiston shimolidagi ommaviy tartibsizliklar qurbonlari soni 64 nafarga yetdi

Hindiston shimolidagi Jammu va Kashmir shtatida yuz bergan to‘polonda 4 kishi hayotdan ko‘z yumgan, 15 kishi yaralangan. Umuman, iyul oyidan beri yuz berayotgan tartibsizliklarda qurbon bo‘lganlar soni 64 nafarga yetgan, 5 mingdan ortiq odam jarohatlangan, deb xabar qilmoqda politsiya mahkamasi. 

Politsiya vakilining so‘zlariga ko‘ra, namoyishchilar Kashmirning Budgam okrugi xavfsizlik kuchlari bilan to‘qnashib, ularga qarata tosh otishgan. 

"Huquq-tartibot idoralari kuchlari olomonni tarqatish uchun o‘t ochishga majbur bo‘lishgan", - deb ta'kidlagan ichki ishlar bo‘limi vakili. 

8-iyul kuni Burhon Muzaffar Vaniy o‘ldirilganidan so‘ng, mahalliy aholi va tartibni saqlash kuchlari o‘rtasida to‘qnashuvlar davom etib keladi. 22-yoshli yigit "Hizb-ul-Mujahidin" ayirmachi tashkilotining faoli bo‘lgan. Bu tashkilot Hindiston terrorchi tashkilotlari ro‘yxatiga kiritilgan bo‘lib, shu vaqt mobaynida Kashmirda komendantlik soati joriy qilingan. 
 

Top