08:17 / 16.08.2016
4194

Obama Klintonni qo‘llab-quvvatlash uchun ta'tilini to‘xtatib turishga qaror qildi

Foto: © AP


AQSh prezidenti Barak Obama AQSh prezidenti lavozimiga nomzod Xillari Klintonni qo‘llab-quvvatlashga pul yig‘ish maqsadida o‘zining ta'tilini to‘xtatib turishga qaror qildi, deb xabar bermoqda Associated Press.
    
Ta'kidlanishicha, Obama Demokratik partiya ehtiyojlariga pul yig‘ish maqsadida tashkillashtiriladigan kechki ovqatda ishtirok etmoqchi. Tadbir Massachusets shtatidagi Martas-Vin'yard orolida bo‘lib o‘tadi. Kechki ovqatni Xenk Goldberg va uning rafiqasi Kerol Braun Goldberg tashkillashtirmoqda.

Kechki ovqatda 60 ga yaqin sahovatpesha ham ishtirok etadi. Ma'lum qilinishicha, tadbirga kirish chiptasi 33 ming dollardan ko‘proqni tashkil qiladi.

Top