15:20 / 16.08.2016
6997

Ozarbayjonda 20 yoshli futbolchi mashg‘ulot vaqtida olamdan o‘tdi

Ozarbayjonning «Zagatali» jamoasi futbolchisi Maykl Umanika mashg‘ulot vaqtida jon berdi.

20 yoshli bu futbolchi mashq bajarish vaqtida harakatlanishdan to‘xtagan va yerga qulagan. Uni hushiga keltirishning iloji bo‘lmagan, bir lahzada uning joni uzilgan.

Bu fojia Umanikaning Nigeriyadan qaytishidan keyingi ilk mashg‘uloti vaqtida ro‘y berdi. Futbolchi 1 yil oldin «Zagatali» bilan shartnoma imzolagan va jamoasi safida 20 uchrashuvda maydonga tushgandi.

Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra uning o‘limi sababi —yurak xuruji.

Manba: Tribuna.uz

Top