07:46 / 16.08.2016
5786

Pan Gi Mun: “BMT rahbari sifatida ayol kishini ko‘rishni istayman”

BMT Bosh kotibi Pan Gi Mun shaxsan o‘zi tashkilot rahbari sifatida ayol kishini ko‘rishni istayotganini ma'lum qilgan. Bu haqda Associated Press xabar bermoqda.

Pan Gi Munning Bosh kotiblik muddati 2016 yilning 31 dekabr kuni nihoyasiga yetadi. Uning so‘zlariga ko‘ra, tashkilotni boshqaruvchi sifatida ayol kishining maydonga chiqish “vaqti kelgan”.

Ayni damda tashkilot rahbarligiga 11 kishi o‘z nomzodini ilgari surgan. Ularning olti nafari erkak kishi, besh nafari esa ayollardir.

Top