19:11 / 16.08.2016
14614

Rio-2016. O‘zbek bokschilarining 15 avgust kunidagi janglari (video)

15 avgust kuni Rio olimpiadasida turli vazn toifalarida O‘zbekiston sharafini himoya qilayotgan bokschilar ringga ko‘tarilishdi. Quyida ular ishtirokidagi jangning videosini ko‘rishingiz mumkin.

Rio-2016 Olimpiadasida boks bo‘yicha 69 kg vazn toifasida o‘zbekistonlik bokschi Shahram G‘iyosov yarim finalda marokashlik sportchi, amaldagi jahon chempioni bo‘lmish Muhammad Rabiyga qarshi ringga chiqdi.

3 raund davomida faol harakat qilgan o‘zbekistonlik sportchi birinchi raundayoq raqibini nokdaun holatiga tushirdi. Hakamlar 3 raundda ham uning g‘alabasini qayd etishdi va G‘iyosov finalga chiqdi.

Hakamlarning baholari — 30:27, 30:27, 30:27.

 

2 kilogrammgacha bo‘lgan bokschilar o‘rtasidagi musobaqasida O‘zbekiston sharafini himoya qilayotgan Shahobiddin Zoirov o‘z yurishini davom ettiradi.

U nimchorak finalda amerikalik Antonio Vargasga qarshi ringga chiqdi va raqibini dastlabki ikki raunddayoq mag‘lub etib, chorak final masalasini hal qildi.

Top