Tayvan orolida o‘tkazilayotgan harbiy-o‘quv mashg‘uloti chog‘ida SM-11 rusumli tank daryoga qulagan va 4 kishi halok bo‘lgan. Harbiy texnika ichida 5 kishi bor edi.
Mahalliy nashrlarda yozilishicha, bu voqea Pindun uyezdida ro‘y bergan. Mexanik haydovchi tank ichida omon chiqishga muvaffaq bo‘lgan, u jarohat ham olmagan.
Ayni vaqtda hodisa yuzasida tekshiruv ishlari boshlangan.