21:26 / 16.08.2016
6127

O‘yinchoq mashinaning 60 metrlik trek bo‘yicha sayohati videosi olindi

Foto:motor.ru

O‘yinchoq temir yo‘llar videosini chop etuvchi 5MadMovieMakers kanali o‘yinchoq mashina shahar sharoitlarida qurilgan Hot Wheels tarnovi bo‘yicha ketayotgani videosini chop etdi. Video mashinachaning metall shassisiga skotch bilan mahkamlangan GoPro kamerasiga suratga olingan.   

Videoda mashina bir tarnovdan ikkinchi tarnovga sakrayotgani, tunnel va hattoki suv havzasi orqali o‘tayotgani tasvirlangan. Videoga izohda muallif rolikni montaj qilishda 11 ta ulashni amalga oshirishiga to‘g‘ri kelganini aytgan. Uning aytishicha, mashinacha suv havzasida me'yorida harakatlangan va faqatgina ikki marta tarnovdan tushib ketgan. Bundan tashqari, trek suzib ketmasligi uchun uni toshga boylab qo‘yishga to‘g‘ri kelgan. Trassaning umumiy uzunligi 60 metrni tashkil qilgan.

Top