19:40 / 17.08.2016
8444

Yaqin kelajakdagi samolyot bortlari videosi taqdim etildi

Yaqin bir necha yillarda samolyot bortlari qanday ko‘rinishda bo‘lishiga qiziqyapsizmi? Javobingiz "ha" bo‘lsa, ushbu video aynan siz uchun! 

Ma'lumki, bugungi kunda ilm-fan va texnologiya shiddat bilan rivojlanib bormoqda. Insonga qulaylik tug‘dirish maqsadida samolyot bortlarida ham katta o‘zgarishlar ro‘y berishi kutilmoqda. CNN yaqin kelajakdagi samolyot bortlari videosini taqdim etdi. 

Videoda kursilarning joylashish uchun yanada qulaylashtirilgani va zamonaviy texnologiya qurilmalari bilan ta'minlanganini ko‘rish mumkin. Yuvinish xonalari va yukxonalarda ham sezilarli o‘zgarishlar amalga oshirilgan. Bort dizayni alohida tahsinga sazovor. Xullas, ming marta eshitgan ko‘ra, bir marta ko‘rgan afzal. 

 

Top