8389.97 USD +11.93

9491.57 EUR +3.44

129.72 RUB +0.63

11082.3 GBP -51.27

10:12 / 17.08.2016 10517

FeTOchilar aslo Rossiyaning do‘sti bo‘la olmaydi

Vladimir Avatkov / foto: tr.sputniknews.com

Rossiyadagi Sharqshunoslik, xalqaro aloqalar va jamoatchilik diplomatiyasi markazi direktori va turkolog Vladimir Avatkov, “FeTOchilar aslo Rossiyaning do‘sti bo‘la olmaydi. Ular Rossiyada umuman har qanaqa holatda ham faoliyat ko‘rsata olishmasligi kerak”, - dedi.  

“Ma'lumki Turkiyada Gulenga aloqasi bo‘lganlar FeTO/PDY (FETÖ/PDY) deya nomlanadi. Rossiyada ham FeTOchilar bor. Vaqti-vaqti bilan ovozlari chiqib turadi. Ular aslo Rossiyaning do‘sti bo‘la olmaydi va mamlakatimizda umuman har qanaqa holatda ham faoliyat ko‘rsata olmasliklari kerak. Xorijiy diniy tashkilot mamlakatimiz ichki siyosati va muhitiga umuman aralasha olmaydi. Rossiyani FeTOchilardan tozalash kerak”, - dedi Sputnikka bergan intervyusida Avatkov.

Putin-Erdo‘g‘an uchrashuvida FeTO masalasi ham muhokama qilindi

"Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida Rossiya Prezidenti Vladimir Putin va Turkiya Prezidenti Rajab Erdo‘g‘an o‘rtasida bo‘lib o‘tgan uchrashuv haqida fikr bildirgan Avatkov, “Mazkur uchrashuvlarda nafaqat iqtisodiy sohalarda balki xavfsizlikni ta'minlash borasida ham ikki tomonlama hamkorlik qilish masalalari ko‘rib chiqildi. Muzokaralarda Suriya muammosi va ba'zi tashkilotlarni teroristik tashkilot sifatida qabul qilish masalalari ham muhokama qilindi. Uylaymanki, mazkur uchrashuvda FeTO masalasi ham ko‘rib chiqilgan", - dedi Avatkov.  

Rossiya FeTO xavfini 10 yil oldin sezgan edi

“Rossiya Gulenga tegishli tuzilmalarning qanchali xavfli ekanligini taxminan 10 yil avval sezgan va darrov chora ko‘rgan. Rossiya ushbu tuzilmalarni salbiy va xavfli omil sifatida ko‘rmoqda. Ularning faoliyatlari natijasida Rossiya parchalanishi mumkin. Ushbu tuzilmalar “xalqlar do‘stligi” va “tolerantlik” kabi masallar bilan qornimizi to‘ydirishlari mumkin. Lekin kelajakda nimalar bo‘lishi mumkinligini idrok etishimiz kerak. Turkiyadagi mavjud holatni e'tiborga olishimiz  lozim. FeTO Turkiyaning ichki siyosatiga salbiy ta'sir ko‘rsatmoqda. AQSh ham bu xavfni hali ham idrok eta olgani yo‘q. AQSh FeTOchilardan o‘z manfaatlari yo‘lida foydalanaman, deb o‘ylamoqda. Lekin aslida FeTOchilar o‘z manfaatlari uchun AQShdan foydalanishi mumkin”, – deya davom etdi Avatkov.

Rossiya va Turkiya FeTOga qarshi hamkorlikda kurashishi mumkin

Rossiya va Turkiyaning FeTOga qarshi birgalikda kurashishi zarurligini ta'kidlagan Avatkov shunday dedi: “Bu Rossiya bilan Turkiyaning ichki va tashqi siyosati nuqtai nazaridan juda muhim. Rossiya o‘zining ichki va tashqi siyosati istiqboli yuzasidan FeTOni teroristik tashkilotlar ruyxatiga olishi mumkin. Bu yerda o‘zaro hamkorlik nuqtai nazaridan keng manyovr maydoni vujudga kelish ehtimoli bor. Rossiya va Turkiya bu yerda o‘zaro kelishuvga erishadigan bo‘lsa, ilk qadamlar ham tashlanadi. FeTO masalasi borasida Rossiya bilan Turkiya o‘rtasida jiddiy ma'noda hamkorlik o‘rnatilishi mumkin. Ushbu hamkorlik esa Rossiya-Turkiya munosabatlariga ijobiy ta'sir ko‘rasatadi”.

Top