17:49 / 17.08.2016
48034

Pora olayotgan bosh hisobchi jinoyat ustida qo‘lga olindi

Illyustrativ surat

Fuqaro T.Buxorovning arizasiga asosan SVOJJDLQK departamentining Qashqadaryo viloyat boshqarmasi bilan huquqni muhofaza qiluvchi boshqa idoralar xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda bir firibgarning jinoiy faoliyatiga chek qo‘yildi. Bu haqda «Huquq» nashri yozmoqda.

O‘zbekistondagi siyosiy partiyalardan birining viloyat kengashida bosh hisobchisi sifatida faoliyat yuritgan Q.Berdiyev o‘z xizmat xonasida fuqaro T.Buxorovdan 3 ming AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan olgan paytda ashyoviy dalil bilan ushlandi.

Ma'lum bo‘lishicha, Q.Berdiyev shu pul evaziga T.Buxorovni Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institutining neft va gaz yo‘nalishidagi fakultetga o‘qishga kiritib qo‘yishni va'da qilgan.

Mazkur holat yuzasidan Q.Berdiyevga jinoyat ishlari bo‘yicha Qarshi shahar sudining hukmi bilan tegishli jazo tayinlandi.

Top