11:15 / 17.08.2016
8743

Meksika narkobaroni Gusmanning o‘g‘li o‘g‘irlab ketildi

Foto: AFP

Meksika hukumatining ma'lum qilishicha, mamlakat narkobaroni Xoakin Gusmanning to‘ng‘ich farzandi, 29 yashar Xesus Alfredo Gusman "Sinaloa" guruhining besh nafar a'zosi bilan birga boshqa bir jinoiy guruh – “Xaliskoning yangi avlodi” tomonidan o‘g‘irlab ketilgan.

Voqea 16 avgust kuni, Puerto Valyarta kurort shahrining restoranlaridan birida sodir bo‘lgan.

Bosh prokuror Eduardo Almager jurnalistlarga aytishicha, to‘plangan fakt va dalillar Xesus Gusman olib qochib ketilganlar orasida ekanligini ko‘rsatmoqda.
Meksikada eng yirik narkokartel hisoblangan Xoakin Gusmanning to‘ng‘ich o‘g‘li Xesus kartelning yuqori darajali a'zolaridan biri hisoblanib, AQShda qidiruvga berilgan.

Mavzuga oid
Top