07:35 / 17.08.2016
10494

Olimlar eng "navqiron" elatni aniqlashdi

AQShning Kaliforniya  universiteti olimlari Lotin Amerikasi etnik guruhi vakillari sekinroq qarishlarini aniqlashdi. Bu haqda Genome Biology nashri xabar bermoqda.

"Lotin amerikaliklar qand kasalligi va boshqa kasalliklardan ko‘proq aziyat chekishlariga qaramasdan, yevropoidlardan uzoqroq umr ko‘rarkanlar. Olimlar buni "Lotin Amerikasi paradoksi" deb ataydilar", deb yozdi tadqiqotning yetakchi muallifi Stiv Xorvat va olingan ma'lumotlarga ko‘ra lotin amerikaliklar molekulyar darajada sekinroq qarishlari aniqlanganini aytib o‘tdi. 

Olimlar turli elatlarning DNKlarini solishtirib, lotin amerikaliklarning qoni qolgan elatlarnikiga qaraganda sekinroq qarishi haqidagi xulosaga kelishdi.

Avvalroq 70 yoshgacha yashagan ota-onaning farzandlari ham shunday uzoq umr ko‘rishga katta imkoniyatlarga ega bo‘lishlari ma'lum qilingandi. 

Top