12:47 / 17.08.2016
7787

Ozarbayjonda folbinlarga qarshi maxsus amaliyot boshlandi

Foto: RIA

Ozarbayjon respublikasining turli mintaqalarida folbinlarga qarshi maxsus amaliyot boshlandi, deb xabar qilmoqda respublika diniy tuzilmalari bilan ishlash qo‘mitasi. 

"Diniy qo‘mitaning hududiy bo‘limlari respublika IIV mahalliy bo‘linmalari bilan hamkorlikda O‘jar va Shamaxin tumanlaridagi folbinlarga qarshi maxsus amaliyot o‘tkazdi. Tekshiruvlar chog‘ida, O‘jar tumani Garajalla qishlog‘i fuqarosi Malohat G‘aforova hamda Shamaxin tumanida yashovchi Sveta Ismaylova so‘roq qilingan", — deya davlat qo‘mitasi xabarini keltiradi Trend agentligi.

Folbinlar so‘roq davomida noqonuniy faoliyat yuritish uchun ma'muriy-jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkinligidan ogohlantirilganlar. 

"Folbinlik bilan shug‘ullanayotgan vaqtda ushlanganlar o‘z qilmishlaridan pushaymonligini izhor qilishib, bunday nopok ishlar bilan boshqa shug‘ullanmaslikka va'da berishdi", — deyiladi xabarda. 

Top