22:01 / 17.08.2016
3814

Puerto-Rikoda yong‘in chiqqan paromning barcha yo‘lovchilari evakuatsiya qilindi

Karib havzasi hududida yona boshlagan paromning barcha yo‘lovchilari xavfsiz joyga ko‘chirildi. Bu haqda AQSh sohil bo‘yi xizmati tvitterida ma'lum qilingan.

"Barcha yo‘lovchilar evakuatsiya qilindi. Qutqaruvchilar ekipajning 26 nafar a'zosini xavfsiz joyga ko‘chirish ishlarini boshlagan", deyilgan xabarda.

Qayd etilishicha, yo‘lovchilarning ba'zilari qirg‘oqqa zambilda olib chiqilgan va qirg‘oq yonidagi mobil shifoxonaga yetkazilgan.

Bundan oldinroq, Puerto-Riko qirg‘oqlari yaqinida bortida 512 kishi bo‘lgan paromda yong‘in boshlangani haqida xabar berilgandi.

Mavzuga oid
Top