13:52 / 17.08.2016
7934

Serbiya prezidenti Rossiyaga qarshi sanksiya kiritishga qarshi chiqdi

Belgrad hatto Yevroittifoq talab qilgan taqdirda ham aksilrossiya sanksiyasi olib bormaydi. Bu haqda Serbiya prezidenti Tomislav Nikolich AQSh vitse-prezidenti Jozef Bayden bilan uchrashuv chog‘ida aytib o‘tgan.

«Biz Rossiyaga qarshi sanksiya kirita olmaymiz. Biz serb jamoatchiligi ko‘p istiqomat qiluvchi Rossiya va AQSh bilan bog‘langanmiz», — dedi prezident.

Nikolich, shuningdek, Serbiya fuqarolari uchun “Yevroittifoq yo‘lidan boshqa imkon yo‘q»ligini ta'kidlab o‘tgan. Prezident xalqaro ahamiyatga ega bo‘lgan o‘z-o‘zini e'lon qilgan Kosova Respublikasi haqidagi hujjatga imzo qo‘yishga tayyor emasligini ma'lum qilgan.

Bayden, o‘z navbatida, «AQSh Serbiyadan uni yoki Rossiyani tanlashni kutmayotganligini” aytib o‘tgan.

Mavzuga oid
Top