16:04 / 17.08.2016
8621

Toshkent shahrining Mirobod tumanida 773 ta video kuzatuv moslamasi o‘rnatilmoqda

2016 yilning 17 avgust kuni Toshkent shahri hokimiyatida Mirobod tumani hokimi ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.

2016 yilning yarim yilligida Toshkent shahrining Mirobod tumanida sanoat mahsulotlari 669,9 mlrd. so‘mni (o‘sish sur'ati 117,5 foiz,)  xalq iste'moli mollari ishlab chiqarish 244,5 mlrd.so‘mni (o‘sish sur'ati 118,3 foiz) tashkil etgan. 

Mahalliylashtirish dasturi yuzasidan Dasturga kiritilgan 3 ta korxonaning loyihalari bo‘yicha 2016 yilning yanvar-iyun oylarida 72,7 mlrd.so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilgan bo‘lib, 4688 ta yangi ish o‘rinlari yaratilib prognoz 100,1 foizga bajarilgan.

Ijtimoiy soha obektlarni kuz-qish mavsumiga tayyorlash yuzasidan mahalliy byudjyet hisobidan 1,3 mlrd. so‘m miqdorida pul mablag‘lari ajratilib, 439,1 mln. so‘m ijtimoiy soha obektlarning tom qismini ta'mirlash, 133,8 mln. so‘m issiq va sovuq suv tizimi quvurlarini almashtirish hamda 727,1 mln. so‘m qismi boshqa turdagi ta'mirlash ishlarini amalga oshirishga sarflandi. Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha tasdiqlangan dasturda 19 ta yo‘nalish tanlab olinib, bu ishlarni bajarish maqsadida tumandagi mavjud 16 ta tijorat banklari tomonidan 5,236 mlrd. so‘m miqdorida kredit mablag‘lari ajratildi.

Hozirgi kunga qadar, ko‘p qavatli uylarning 13 725 kv.m tom qismi mukammal, 12 149 kv.m joriy ta'mirdan chiqarildi. 290 ta yerto‘la, 399 ta kirish yo‘laklari yangidan foydalanishga topshirildi. 12 ta kirish yo‘laklariga temir eshiklar o‘rnatilib, 1 903 kv.m framugalar almashtirildi. 74 ta liftlar joriy ta'mirlanib, 1 608 p.m irrigatsiya tarmoqlari ta'mirdan chiqarildi va 66 ta bolalar maydonchasida rekontsturiksiya ishlari bajarildi. Tumandagi Qo‘yliq dahasida yirik sport majmuasining qurilish ishlarini kuz yakuniga nihoyalash rejalashtirilgan. Shuningdek, 15 120 kv.m yo‘laklarida betonlash ishlari, 773 ta video kuzatuv moslamalarini o‘rnatish ishlari davom etmoqda.

Mavzuga oid
Top