08:36 / 18.08.2016
5947

Xitoy hukumati qochqinda yurgan 400 nafardan ziyod korrupsiyachini qo‘lga oldi

Foto: Fotolia

Xitoy huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan “O‘rmondagi ov – 2016” maxsus operatsiyasi doirasida mamlakatdan qochib ketib, xorijda berkingan 409 XXR fuqarosi qo‘lga olingan. Bu haqda XXR jamoatchilik xavfsizligi vazirligi ma'lumotiga asoslanib, “Sinxua” agentligi xabar bermoqda.

Vazirlik joriy yilning may oyidan korrupsiyaga qo‘l urgan yoki mansabini suiiste'mol qilgan va xorijga qochib ketgan XXR fuqarolarini qo‘lga olish bo‘yicha yangi kampaniya boshlagan edi. Kampaniya “O‘rmondagi ov – 2016” deb nomlangan edi.

Ma'lum qilinishicha, qo‘lga olinganlar orasida qidiruvdagi eng xavfli 15 kishi ham bor. Shuningdek, 127 kishi 10 million yuandan ko‘p (1,5 million dollar) mablag‘ ishi bo‘yicha ayblangan. 28 kishining ishi esa 100 million yuandan yuqori summa bilan bog‘liq. Ma'lum qilinishicha, 33 kishi 5 yildan beri, 12 kishi esa 10 yildan beri XXR tashqarisida qochqinda yashagan.

Top