18:34 / 18.08.2016
11757

Xitoyda jarima solish uchun antiqa sabablar o‘ylab topilmoqda

Foto:© Fotolia

Xitoyning Shandun viloyatidagi sayyohlik firmasi, xodimlariga noyob usulda jarima solgani to‘g‘risida xabar qilinmoqda. «Beytszin tsinnyan bao» nashrida yozilishicha, firma rahbarining ijtimoiy tarmoqlardagi fikrlariga e'tibor bermaganlar tovon to‘lagan, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

Sayyohlik firmasi xodimlarining gazetaga ma'lum qilishlaricha, ular har kuni tongda firma rahbarining Xitoydagi eng mashhur ijtimoiy tarmog‘i  Weibo’da qoldirgan so‘zlarini o‘qib, unga izoh qoldirishgan. 

Bunga e'tibor bermaganlarni esa jarima bilan jazolashgan. Xususan, 14-avgust kuni 200 nafar xodimning har biriga 50 yuan (6,5 dollar)dan jarima solingan. Bundan tashqari, direktor ularga firma belgisi tushirilgan libos bilan olingan suratlarini ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirishni talab qilgan. 

Advokatning aytishicha, Xitoy qonunlariga ko‘ra, faqatgina Davlat hokimiyati fuqarolarga jarima solish huquqiga ega. Shunga binoan, sayyohlik firmasi xodimlari huquq idoralariga murojaat qilishlari mumkin. 


 

Top