20:59 / 18.08.2016
9253

Internetda IShID belgisini joylashtirgan talaba yirik jarimaga tortildi

Moskva harbiy okrug sudi I.M. Sechenova nomli Birinchi davlat tibbiyot universiteti talabasi Patimat Gadjiyevani ekstremizm va terrorizmni ommaviy oqlashda ayblab 400 ming rubl miqdorida jarimaga tortdi. Bu haqda sud hay'ati a'zosi Mixail Kudashkin ma'lum qilgan.

Gadjiyeva ozod etilganidan so‘ng, u qizga nisbatan yengil jazo qo‘llanilganligini aytgan.

«Keyingi safar unga hech kim rahm qilmaydi», — deb ta'kidlagan Kudashkin.


Gadjiyevaning o‘zi esa aybiga iqror bo‘lgan.

«Men joylashtirish bo‘yicha ayblovni tan olaman, ammo maqsadim bo‘yicha qo‘yilgan ayblovni tan olmayman. Chunki maqsadim umuman boshqacha bo‘lgan», — deb aytgan u sud zalida.

 

Top