10:06 / 18.08.2016
5011

Mahrez «Lester» bilan shartnomasini 2020 yilga uzaytirdi

«Lester» yarim himoyachi Riyad Mahrez bilan shartnomasini uzaytirdi, deb yozmoqda Tribuna.Uz sayti.

Endilikda 25 yoshli jazoirlik futbolchining Angliya chempioni bilan shartnomasi 2020 yilga qadar amal qiladi. 

O‘tgan mavsumda Mahrez Angliya chempionatida 17ta gol urdi va 11ta golli pas amalga oshirdi. Shuningdek, mavsumning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

Mavzuga oid
Top