10:49 / 18.08.2016
77152

Nexia III ning ilk xaridorlari o‘z avtomobillarini olishdi

Foto: facebook.com/gmuzbekistan2016

8 avgustdan boshlab O‘zbekiston avtosalonlarida Nexia avtomobilining yangi modeli sotuvi boshlandi. Bugun ana shu modelning ilk xaridorlari o‘z avtomobillari kalitlarini qo‘lga olishdi. Bu haqda GM Uzbekistan matbuot xizmati xabar bermoqda.

Toshkent shahridagi «Driver’s Village» OAJ dilerlik markazida ushbu voqea tantanali tarzda o‘tkazildi. Avtomobil egalariga bonus tariqasida mashina aksessuarlari ham topshirildi.

Eslatib o‘tamiz, Chevrolet Nexia R3 avtomobilining 1-pozitsiyasi — 7 732 AQSh dollari, 2-pozitsiyasi — 8 656 AQSh dollari va avtomat qutiga ega 4-pozitsiyasi 62.8 mln so‘m turishi ma'lum qilingan edi.

Top