18:51 / 18.08.2016
14445

Poroshenko Rossiya tomonidan keng ko‘lamli hujum bo‘lishi ehtimolini istisno etmayapti

Ukraina prezidenti Petro Poroshenko ma'lum qilganki, Rossiya keng ko‘lamli hujum bilan mamlakatga bostirib kirishi ehtimolini istisno etib bo‘lmaydi. Bu haqda «Ukrainskaya pravda» xabar tarqatgan.

Uning ishonch bildirishicha, ukrainalik harbiylar hamisha Rossiya tomonidan amalga oshiriladigan har qanday harakatlarga tayyor.

"Mojaroning avj olishi ehtimoli saqlanib qolmoqda. Ha, rossiyaliklar keng ko‘lamli hujum bilan chegaralarimizni kesib o‘tishi mumkinligini e'tibordan qochirmaymiz", degan ukrainaliklar rahbari Lvov viloyatidagi chiqishi vaqtida.

Uning so‘zlariga ko‘ra, "og‘ir vaziyatning saqlanib qolishi - kutilgan holat. 

"Qurolli kuchlar har qanday vaziyatga, har qanday vazifani bajarishga tayyor turmog‘i lozim", deya qo‘shimcha qilgan u.

Bundan oldinroq, AQSh vitse-prezidenti Jo Bayden Petro Poroshenko bilan telefon muloqoti vaqtida uni Rossiya bilan munosabatlardagi taranglikdan qochish bo‘yicha o‘z majburiyatlarini bajarishga chaqirgani haqida xabar berilgandi.

Mavzuga oid
Top