10:56 / 18.08.2016
15904

Rio-2016. Keniyalik yuguruvchi bronza medalidan mahrum etildi

Afina-2004 va London-2012 olimpiadalari chempioni bo‘lmish keniyalik yengil atletikachi Ezekil Kemboi Rio-de-Janeyrodagi Olimpiadada olgan bronza medalidan mahrum bo‘ldi. U 3000 m masofaga to‘siqlar osha yugurish musobaqasida marraga uchinchi bo‘lib kelgandi. 

Ma'lum qilinishicha, u yugurish vaqtida boshqa yo‘lakka o‘tib ketgan va qoida buzilgan.

Endilikda uning bronza medali to‘rtinchi natijani qayd etgan fransiyalik Mahidin Mehissi-Benabbadga beriladi.

Mavzuga oid
Top