20:38 / 18.08.2016
8684

Robert De Niroga London markazida butik-mehmonxona qurishga ruxsat berildi

“Oskar” mukofoti laureati, amerikalik aktyor Robert De Niroga London markazida butik-mehmonxona qurish uchun ruxsat berildi. Bu  Sky News xabar bermoqda. 

Mazkur qaror Vestminsterning shahar kengashi tomonidan qabul qilingan. Wellington Hotel’da 83 ta nomer bo‘ladi. Shuningdek, spa-salon, restoran, yopiq klub va savdo shoxobchalari ishlaydi.

Buyuk Britaniya poytaxtida ushbu mehmonxonani qurish rejasi 2016 yil boshida e'lon qilingan edi. De Nironing ma'lum qilishicha, London – dunyoning yorqin va kosmopolitik shaharlaridan biri hisoblanadi. Mehmonxona Kovent-Garden tumanida barpo etiladi.

Wellington Hotel qurilish ishlari 2017 yil boshida boshlanadi, uning ochilishi 2019 yilga mo‘ljallangan.
 

Mavzuga oid
Top