18:09 / 18.08.2016
9067

Turkiya bosh vaziri Elyazigdagi terakt bo‘yicha hisobot berdi

Turkiya sharqidagi terakt tufayli jarohatlanganlar soni 217 nafarni tashkil qilmoqda, shundan 85 nafari politsiyachilar. Bu haqda mamlakat bosh vaziri Binoli Yildirim ma'lumotiga asoslangan holda Reuters agentligi xabar tarqatdi.

Bosh vazir bu portlash oqibatida 3 kishi halok bo‘lganini ham tasdiqlagan.

Oxirgi xabarlarda jarohatlanganlar soni 170 nafarni tashkil qilayotgani aytilgandi.

Portlash shahardagi politsiya mahkamasiga xodimlari kirib kelayotgan vaqtda sodir bo‘lgan. Terakt uchun ayblov Kurdiston ishchilar partiyasiga qo‘yilgan. Lekin tashkilot bu terakt uchun javobgarlikni zimmasiga olmadi.

Mavzuga oid
Top