12:30 / 18.08.2016
7423

Turkiya sharqidagi yana bir portlash tufayli 3 kishi halok bo‘lib, 50dan ortiq kishi jarohatlandi

Turkiya sharqidagi Elyazig viloyati markazida politsiya mahkamasida portlash amalga oshirildi. Bu haqda  Hurriyet xabar tarqatgan.

Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, bu terakt oqibatida 3 kishi halok bo‘lib, jarohatlanganlar soni 50 nafardan oshgan.

Hozirda hududga tez tibbiy yordam mashinalari yetib borgan, hodisa tafsilotlari o‘rganilmoqda.

Bundan oldinroq Turkiya sharqidagi Van viloyati hududida yuz bergan portlashda uch kishi halok bo‘lib, 71 kishi yaralangani xabar qilingandi.

Mavzuga oid
Top