23:01 / 18.08.2016
8518

O‘zbekiston hukumati va Xalqaro mehnat tashkiloti munosib mehnatning yangi dasturini tayyorlaydi

O‘zbekiston hukumati va Xalqaro mehnat tashkiloti (XMT) 2017-2019 yillarda mamlakatda munosib mehnatni tashkil etishning yangi dasturiga tayyorgarlik ishlarini boshlab yubordi. Bu haqda O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi ma'lum qilgan.
"2017-2019 yillarda munosib mehnatni tashkil etishning yangi dastur loyihasini ishlab chiqish uchun ishchi guruhi tuzildi. Uning imzolanishi kelayotgan yilning birinchi choragida rejalashtirilgan", — deyiladi manbada.
Ma'lumotlarga ko‘ra, yangi dasturga muvofiq paxta yig‘im-terimini nazorat qilish chora-tadbirlari kuchaytiriladi.  Shuningdek, ish beruvchilarga XTM konvetsiyasiga og‘ishmay amal qilish mas'uliyati oshiriladi.

 

Top