Florida shtatining Kanaveral burnidagi kosmodromdan AQSh harbiy-kosmik razvedkasi milliy boshqarmasi qurilmasi bo‘lgan Delta IV raketasi uchirildi. Raketa uchirilishi jarayoni United Launch Alliance (ULA) tomonidan translyatsiya qilindi.
Raketa 19 avgust kuni Toshkent vaqti bilan soat 9:52da uchirildi.
Bu raketa bortida kosmik obektlarni kuzatishga mo‘ljallangan ikkita sun'iy yo‘ldosh mavjud.