17:43 / 19.08.2016
9076

Amerikalik kishi oziq-ovqat do‘koniga qatnab, 150 kilogrammga ozdi

Foto: APF

AQShning Arizona shtatida yashovchi kishi har safar qorni ochganida oziq-ovqat do‘koniga qatnab, 150 kilogrammga ozdi. Bu haqida New York Post gazetasi ma'lum qildi. 

"Kuniga uch marta Walmart universamiga qatnasang, 9.7 kilogramm yo‘qotasan. Bu ajoyib, men ilgari hech ham bunday masofani bosib o‘tmagandim", - deya tan oladi u. 

Paskuale shifokorlar unga qon bosimi va xolesterin miqdori bilan bog‘liq xavfli tashxis qo‘yishganidan so‘ng ozish haqida o‘ylay boshladi. "Qornim tizzamga tushib turardi, ko‘kragim esa - qornimga. Men o‘zimdan nafratlanar edim", - deya xotirlaydi u. 

Shundan so‘ng u zararli yeguliklardan voz kechib, sog‘lom turmush tarziga rioya qilishga o‘tadi. Paskuale har safar qorni ochganida yaqin oradagi do‘konga mahsulotlar xarid qilgani piyoda qatnay boshladi. Do‘konda tayyor taomlar rastalari yonidan o‘tib ketib, mevalar, sabzavotlar va don mahsulotlari sotib oladigan bo‘ldi. 

Ilk ikki yil ichida Paskuale 90,7 kilogrammga ozdi. Bunday yutuq unga sport zalida mashq qilish imkonini taqdim etdi. "Vaznim 294,8 kilogramm bo‘lganida men sport bilan shug‘ullana olmasdim, chunki bunday vazn bilan trenajyorlarga sig‘ishim amri mahol edi", - deydi u. Do‘konga qatnash va jismoniy mashqlar mo‘'jiza yaratdi. Arizonada yashovchi amerikalik uchinchi yili 149,7 kilogrammga ozishga muvaffaq bo‘ldi. 

"Endi o‘g‘limga ibrat bo‘la olishim mumkinligini tushunayapman. U menga o‘xshab semiz Petga aylanishi kerak emas", - dedi Paskuale.

Mavzuga oid
Top