12:33 / 19.08.2016
86237

DTM javoblari qachon chiqishiga oydinlik kiritildi

Ma'lumki, 1 avgust kuni respublikamiz oliy o‘quv dargohlarida test sinovlarini topshirgan abituriyentarimiz DTM javoblari e'lon qilinishini intizorlik bilan kutishmoqda. Ijtimoiy tarmoqlarda javoblar allaqachon chiqib bo‘lgani haqida gap-so‘zlar tarqalmoqda. 

Masalaga oydinlik kiritish maqsadida  ba'zi oliy ta'lim muassasalariga qo‘ng‘iroq qilindi va shu savol bilan murojaat qilindi. 

Olingan ma'lumotlarga ko‘ra, ertaga 20 avgust kuni oliy o‘quv dargohlarida DTM javoblari rasman ma'lum qilinadi. 

Eslatib o‘tamiz, 19 avgust soat 12:00 holatiga DTM tomonidan test javoblari qachon chiqishiga doir rasmiy ma'lumot berilganicha yo‘q...

2015 yili test imtihonlari natijalari oliygohlarda 20 avgust kuni rasman e'lon qilingan. 2014 yilda esa natijalar 16 avgust kuni ma'lum qilingan edi.

Top