09:28 / 19.08.2016
12242

Xarkovda prezident Poroshenkoning tashrifiga ko‘rilgan tayyorgarlik internetda muhokama bo‘lmoqda

Obodonlashtirish xizmatlari xodimlari,Ukraina prezident Pyotr Poroshenkoning tashrifi munosabati bilan Xarkov filarmoniyasi hovlisidagi asfaltni qora tusdagi bo‘yoq bilan bo‘yashdi. Bu haqda, «Gromadske» kanali Tvitter sahifasida e'lon qilgan.

«Bizga bo‘yanglar deyishdi – biz bajaramiz», — degan ishchilardan biri jurnalistlarning bergan savoliga. 

Boshqa bir ishchi esa, suhbatga aralashib, asfaltni mustahkamlash uchun uni bo‘yash lozimligini ta'kidlagan.

Filarmoniya xodimlari o‘z navbatida bu jarayonga izoh berishdan bosh tortishgan.

 

Mavzuga oid
Top