10:37 / 19.08.2016
8256

Hindistonlik kurashchi 4 yilga diskvalifikatsiya qilindi va Rio-2016da ishtirok etmaydigan bo‘ldi

Hindistonlik erkin kurashchi Narsinh Yadav antidoping qoidalarini buzgani uchun 4 yilga diskvalifikatsiya qilindi va Rio-de-Janeyrodagi Olimpiada o‘yinlarida ishtirok etmaydigan bo‘ldi. Bu haqda Sport arbitraj sudi (CAS) rasmiy saytida ma'lum qilingan.

25 iyun va 5 iyul kunlarida o‘tkazilgan doping-test natijalariga ko‘ra, sportchining qonida taqiqlangan moddalar topilgan. Hindiston antidoping komissiyasi bu moddalar Yadavning qoniga uning aybi bilan tushmagani haqida qaror chiqargandi.

Butunjahon aksildoping agentligi (WADA) CAS ga shikoyat bildirgan va bu murojaat qondirilib, Yadav 4 yil muddatga diskvalifikatsiya qilingan.

Bundan oldinroq 74 kg vazn toifasida ishtirok etuvchi ushbu 26 yoshli sportchi u iste'mol qiladigan taom va suv almashtirib qo‘yilgani haqida ma'lum qilgandi. Yadav 2015 yilgi jahon chempionatida bronza medalini qo‘lga kiritgandi.

Top