14:29 / 19.08.2016
20433

Sobiq diplomat: AQSh, Fransiya va Germaniya SSSRning parchalanishini xohlamagan

© RIA Novosti

G‘arb mamlakatlari, xususan, AQSh, Fransiya va Germaniya 1990-yillarning boshida SSSR parchalanishini unchalik ham xohlashmagan, deb fikrlaydi bugungi kunda Stokgolmda istiqomat qiluvchi sobiq diplomat, jurnalist va yozuvchi Boris Pankin, 25 yil muqaddam avgust oyida amalga oshirilgan davlat to‘ntarishini xotirlar ekan. 

"G‘arb, aytish mumkinki, AQSh, Germaniya va Fransiya, dastlab Sobiq Ittifoqning parchalanishini istamagan. Ularning jiddiy xavotirlanishiga yadro quroli sabab bo‘lgan", — degan Pankin RIA Novosti agentligiga.

Uning so‘zlariga ko‘ra, SSSRning yadro quroliga ega bo‘lishi o‘zaro shartnomalarning bajarilayotganini anglatar edi. O‘sha vaqtlarda, "kimda qancha, qaysi turdagi yadroviy kallak borligini, qanday saqlanayotgani va qaysi usulda qisqartirilayotganini manfaatdor tomonlar yaxshi bilgan".

Sovet Ittifoqining parchalanishi oqibatida, yangi yadroviy davlatlarning paydo bo‘lishi G‘arbni tashvishlantirar edi. 

"O‘ylab ko‘ring, birgina davlat parchalanishi natijasida yadro quroliga ega yana kamida uchta davlat paydo bo‘lardi: Belorussiya, Ukraina va Qozog‘iston. Axir, ular hech qanday javobgarlik shartnomasiga bog‘liq bo‘lishmasdi", — deb aytgan sobiq diplomat.
 

Top