09:15 / 19.08.2016
5030

Trampning saylovoldi shtabiga xakerlik hujumi uyushtirilgani ma'lum bo‘ldi

Xakerlar AQSh prezidenti lavozimiga nomzod Donald Trampning saylovoldi shtabi kompyuter tizimiga hujum qilishga uringanlar, deb xabar bermoqda RIA “Novosti” axborot agentligi.  

Manbalarning ma'lum qilishicha, 2015 yilda Trampning kamida bir xodimining elektron pochtasi viruslar bilan zararlangan. Bu pochtadan shtabning qolgan xodimlariga zararlangan xatlar jo‘natilgan. Xakerlar shtabning butun kompyuter tizimiga kirishga va ma'lumotlarni qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘lgan-bo‘lmaganlari noma'lumligicha qolgan.

Tramp shtabi tizimning xavfsizligini ta'minlash uchun CrowdStrike firmasini yollagan. Bu firma xizmatlaridan shuningdek AQSh Demokratik partiyasi milliy qo‘mitasi ham foydalanib kelgan.

Top