11:11 / 19.08.2016
17171

Uyquni yaxshilashga yordam beruvchi yo‘l o‘ylab topildi

Turkiya va amerikalik olimlar uyqusizlikdan qochishga yordam beruvchi yo‘lni o‘ylab topishdi.  Tadqiqot Social Personality and Psychological Science jurnalida chop etildi. Bu haqida EurekAlert nashri xabar beradi.

Olimlar qayd etishicha, uzluksiz uyqu kishi yonidagi sezgir hamroh borligi bilan ta'minlanadi. Ekspertlar fikricha, bu uxlayotgan kishidagi xavfsizlik hissi paydo bo‘lishiga bog‘liq.

«Bizning natijalar shuni ko‘rsatadiki, insonlar sezgir hamrohlar bilan kamroq uyg‘onib, bezovta bo‘lishadi va ularning uyqu sifatini oshiradi», — deydi Yaqin Sharq texnika universiteti (Anqara)lik tadqiqot mualliflaridan biri Emre Selchuk.
 
Olimlar Amerikaning Midlife Development loyihasi ma'lumotlari, jumladan, o‘rta yoshli inson hayoti va unga ta'sir etuvchi omillar sifati haqidagi statistikadan foydalangan holda bu xulosaga kelishdi.

Top