12:23 / 19.08.2016
23316

Umran Daqnesh, besh yosh. Suriya, Halab

Suriyadagi muxolifat vakillari qamal vaqtida havo zarbalari berilgan Halab shahridan olib chiqilgan 5 yoshli bolaning kishini larzaga soluvchi suratlari va videolarini namoyish etdi.

Unda qonga belangan bola tez tibbiy yordam mashinasi o‘rindig‘ida qo‘rquv ichida atrofga hayronlik bilan boqib turganini ko‘rish mumkin. Uning surati va video ijtimoiy tarmoqlarda kishilarni larzaga keltirmoqda va 5 yoshli Umran Daqneshga rahmi kelganlar ko‘z yoshlarini tiya olishmayapti.

Bolaga tibbiy yordam ko‘rsatilgan, uning boshi jiddiy jarohatlangan.

Uning oila a'zolari taqdiri qanday kechgani noma'lum.

Mavzuga oid
Top