00:55 / 20.08.2016
14669

4000 AQSh dollari sotayotgan valyutafurush jinoyat ustida qo‘lga olindi

Nuritbek A'zamov fuqaro Tal'atbek Ulug‘bekov (ism-familiyalari o‘zgartilirilgan) bilan o‘zaro jinoiy til biriktirib, Beruniy tumanidagi dehqon bozorlarning birida 4000 AQSh dollarini qonunga xilof ravishda fuqaro M. Qodirovga sotayotganida ushlandi.  Bu haqda “Huquq” nashri yozmoqda.

Shuningdek, ularda saqlab qo‘yilgan 1 995 AQSh dollari, 21 750 Rossiya rubli va 155 900 Qozog‘iston tengesi ashyoviy dalil tariqasida olib qo‘yildi. 
Qonunbuzarlarning bu qilmishiga sud o‘zining qonuniy bahosini tayinladi.

Mavzuga oid
Top